Múrájat ushın isenim telefonı

background

Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchilardan bo’lib metodik-tur tashkil etish tajribasini yoʻlga qoʻydi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchilardan bo’lib metodik-tur tashkil etish tajribasini yoʻlga qoʻydi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchilardan bo’lib metodik-tur tashkil etish tajribasini yoʻlga qoʻydi

✅Qoraqalpogʼiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023 yilning 17 noyabr sanasidan boshlab, Qoraqalpogʼiston Respublikasidagi ta’lim darajasi yuqori bo’lmagan maktablarga manzilli metodik xizmat koʼrsatish boʼyicha metodik-tur tartibi joriy qilinib, yangi pedagogik va zamoanviy texnologiyalar asosida oʼqitish, chet el tajribalarini oʼrganish va ularning metodlarini qoʼllash boʼyicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

✅Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil qilingan turning birinchi manzili, Sho’monay tumani MMTBga qarashli 30-sonli umumtaʼlim maktabi boʻldi.

✅Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchisi, Janubiy Afrikalik Mr.Richard, Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining rus tili metodisti O.Tulinova va IT PARK Qoraqalpogʻiston Respublikasi filial direktori M.Elmuratovlar informatika va dasturlash tizimi shuningdek, STEAM tizimidagi fanlarni rivojlantirish boʻyicha tushunchalar berib oʻtdi.

✅Respublika taʼlim markazi va pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazining fan metodistlari “Master klass” bo’yicha oʻqitish tizimini rivojlantirish, “Video dars” va turli koʻrinishdagi slaydlar tayyorlash hamda dasturlarni oʻzlashtirish haqida ham atroficha maʼlumot berdi.

✅Shuningdek, ximiya, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini amaliyotda koʻrsatib berdi. Robototexnika boʻyicha tushunchalar, oʻquvchilarning yaratuvchanlikka qiziqishlari, yangilikka intilishlari ham sinovdan oʻtkazildi. Ishchi guruhning asosiy vazifasi oʻqituvchilarning bilimlarini rivojlantirish va taʼlim tizimiga joriy qilinayotgan yangi texnologiyalarni oʻrgatishdan iborat boʻldi.

Skip to content