Múrájat ushın isenim telefonı

background

Shumanay tumani hududidagi tadbirkorlik subyektlarida davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, tashqi yozuvlar, reklamalar, peshlavhalar va boshqada matnlarning ahvoli boʻyicha oʻrganish ishlari olib borildi.

Shumanay tumani hududidagi tadbirkorlik subyektlarida davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, tashqi yozuvlar, reklamalar, peshlavhalar va boshqada matnlarning ahvoli boʻyicha oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-sonli Farmoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorg‘i Kengesi Prezidiumining 2021-yil 16-iyul kungi “Qoraqalpoq tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 410-sonli Qarorining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevral kungi 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 12-18-avgust kunlari Shumanay tumani hududidagi tadbirkorlik subyektlarida davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, tashqi yozuvlar, reklamalar, peshlavhalar va boshqada matnlarning ahvoli boʻyicha oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish ishlari davomida tadbirkorlarga Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borilib,

aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirkorlarga muddat berilib, 2023-yil 28-avgust kuni ishchi guruh tomonidan takroriy oʻrganish ishlari olib borilganda «Nawrız» MFY hududidagi «Darbent» koʻchasida joylashgan «Xoz.tovarı.Santexnika» qurilish materiallari doʻkoni va «Monshaqlı» MFY hududidagı «Azatlıq» koʻchasida joylashgan «Zamena masla» avtomobillar moy almashtirish shoxobchasining tashqi banneri oʻzgartirilganligi aniqlandi.


Oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Skip to content