Múrájat ushın isenim telefonı

background

Nızam hám orınlanıwı

Nızam hám orınlanıwı

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son Qonuni tasdiqlandi. Ushbu Qonun 7 bob 44 moddadan iborat bo‘lib qonunning maqsadi rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
milliy statistika tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish;
milliy statistika tizimining infratuzilmasini takomillashtirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash. Qonunning amal qilishi rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga, shuningdek ular o‘rtasida yuzaga keladigan, rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi rasmiy statistika sifatida qaralmaydigan statistikaga nisbatan tatbiq etilmaydi.UshbuQonundabirqanchavazifalar, jumladan, Rasmiy statistika sohasini tartibga solish, Rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy statistika sohasidagi vakolatlari aytib o‘tilgan.
Bundan tashqari qonunning 12-moddasida Davlat statistika organlari rasmiy statistikaning asosiy tayyorlovchilari ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Statistika dasturlariga rasmiy statistikani tayyorlovchilar sifatida kiritilgan davlat boshqaruvi organlari rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilaridir.
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar ushbu Qonunga va statistika dasturlariga muvofiq rasmiy statistikani tayyorlashni, tarqatishni hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, va
18-moddada Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar etib quyidagilar aytilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar (shu jumladan ularning alohida bo‘linmalari, filiallari va vakolatxonalari) rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
rasmiy statistikani tayyorlovchilarning rasmiy veb-saytlarida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan statistika ma’lumotlaridan erkin foydalanish;
rasmiy veb-saytlarda va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmagan ochiq statistika ma’lumotlarini olish maqsadida rasmiy statistikani tayyorlovchilarga so‘rov bilan yoki ularni e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qilish.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar o‘z mahsulotlarida (ishlarida va xizmatlarida) o‘zi foydalangan statistika ma’lumotlarining manbalarini ko‘rsatishi shart.
Individual ma’lumotlardan va maxfiy ma’lumotlardan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish ushbu Qonunning 30 va 31-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Shumanay tumani statistika bo`limi

Skip to content