Múrájat ushın isenim telefonı

background

Shumanay tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Qadirovning tadbirkorlarga murojaati va hisoboti

Shumanay tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Qadirovning tadbirkorlarga murojaati va hisoboti

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miziyoev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to‘lovchilarga haqiqiy ma’noda ko‘makchi, o‘rgatuvchi bo‘lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda. Shu ma’noda, tadbirkorlar uchun yanada yengillik yaratish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilishi sohadagi yangilik bo‘ldi.

Bu tizim orqali, soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni, e’tibor qarating tekshirishlarni emas, tahlillarni o‘tkazishi mumkin. Ya’niki, soliq to‘lovchi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovvutlar kuzatilayotgan bo‘lsa, avtomatlashgan tizim darhol soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatish haqida xabarnoma jo‘natadi. Aqlli dastur o‘zi kamchiliklarni aniqlab, o‘z vaqtida tadbirkorga ko‘makchi bo‘lib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralashmaydi.

2022-yilning I choragi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan byudjetga 4 mlrd 566,4 mln.so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz 4 mlrd 381,6 mln.so‘m bo’lib rejasi 108,2 foizga bajarildi.

2022-yilning aprel oyi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan byudjetga 2 mlrd 300,3 mln.so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz 2 mlrd 287,3 mln.so‘m bo’lib rejasi
13,1 mln.so‘m ortig‘i  bilan ya’ni  100,6 foizga bajarildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 300 ta subyektlarning 75,5 million so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi yoki  boshqa soliq turlaridan qarzdorlik hisobiga singdirildi.

Joriy yilning 4 oy mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Shumanay tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 17 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 17 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.

Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 155 nafarni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-choragi yakuni va aprel oyi davomida tumanda 459 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

Skip to content